Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Harbiy xizmatchilar, havaskor va professional ijodkorlar uchun tanlov eʼlon qilinadi

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, Fanlar Akademiyasi Tarix instituti, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi hamkorlikda «Qo‘shinlar madhiyasi» va «Eng jangovar qo‘shiq» hamda «Eng jangovar chaqiriq va shior» tanlovlarini eʼlon qiladi.

Tanlovlarda harbiy xizmatchilar, havaskor va professional ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin.

«Qo‘shinlar madhiyasi» tanlovida 1-o‘rinni egallagan qo‘shiq 15 million so‘m pul mukofoti;

«Eng jangovar harbiy qo‘shiq» tanlovida 1-, 2-, 3-o‘rinni egallagan g‘oliblar 18, 15, 12 million so‘m pul mukofoti;

«Eng jangovar chaqiriq va shior» tanlovida 1-, 2-, 3-o‘rinni egallagan g‘oliblar 5, 3, 2 million so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan ijodkorlar shu yilning 25 oktyabridan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining tuman (shahar) bo‘linmalariga murojaat qilishlari mumkin.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

Tanlovlar nizomlari va Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining hududlardagi bo‘limlari xodimlari to‘g‘risidagi maʼlumot ilova qilinadi

Text to speech