Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

YOʻL-TRANSPORT HODISALARI PROFILAKTIKASI

FARG‘ONA VILOYATI
Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasida Farg‘ona viloyati YXXB axborot guruhi va Harbiy prokuratura xodimlari bilan hamkorlikda "Yo‘l harakati xavfsizligi va yo‘l qoidalariga amal qilish " mavzusi doirasida profilaktik tadbir tashkillashtirildi.
Tadbir davomida harbiy xizmatchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislaridan batafsil javob olishdi.

XORAZM VILOYATI
Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchi va xodimlari bilan "Tezlikni oshirib - umringni qisqartirma", "Haydovchi qo‘lidagi telefon xatarga sabab" mavzusida profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Tadbir davomida Yo‘l-transport hodisalari tasvirga tushirilgan video lavhalar namoyish etildi. Shu bilan bir qatorda harbiy xizmatchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.
SIRDARYO VILOYATI
Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Sirdaryo viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikda harbiy xizmatchilarni yo‘l harakati qoidalariga amal qilishi, ular orasida turli xil ko‘rinishdagi yo‘l transport hodisalarini oldini olish maqsadida, "Haydovchi! Tezlik - umr zavoli" mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan harbiy xizmatchilarga yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha tushunchalar berildi. Tadbir so‘ngida harbiy xizmatchilar uchun sodir bo‘lgan mudhish holatlar va ularning salbiy oqibatlari to‘g‘risida tayyorlangan videoroliklar namoyish etildi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI
Milliy gvardiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari va QR IIV Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan profilaktik davra suhbati o‘tkazildi. Hozirgi kunda haydovchilarning yo‘l qoidalariga amal qilmasdan harakatlanishi oqibatida yuzaga kelayotgan yo‘l transport hodisalarining sabablari va ayanchli oqibatlari, ko‘plab insonlarning hayotdan bevaqt ko‘z yumishiga sabab bo‘layotganligi aytib o‘tildi.
Tadbir so‘ngida barchani noxush holatlarning oldini olish maqsadida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda tezlikni oshirmasdan haydovchilik madaniyatiga rioya qilishga chaqirdilar.

Text to speech