Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Kuch tuzilmalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining viloyat bosqichi o‘tkazildi

Toshkent viloyatida kuch tuzilmalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining viloyat bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. “Tinchligimiz, taraqqiyot va farovonlik uchun!” shiori ostida o‘tkazilgan mazkur bellashuv yosh harbiy xizmatchilarning intellektual salohiyatini, bilimga bo‘lgan chanqoqligini va jamoaviy fikrlash qobiliyatini yanada oshirishga xizmat qildi.

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati kengashi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu musobaqa yoshlarga oid davlat siyosatini yanada samarali amalga oshirish, harbiy qism va muassasalardagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy va intellektual salohiyatlarini oshirish hamda harbiy xizmatchilar orasida kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etishga qaratilgan.

Musobaqada Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar, Bojxona, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya va boshqa kuch tuzilmalari qoshidagi harbiy qism va muassasalardan tuzilgan 10 ta kuchli jamoa ishtirok etdi. Ishtirokchilar murakkab, mantiqiy va ilmiy mazmunga ega savollarga javob berish jarayonida tezkor tafakkur hamda teran bilim darajalarini namoyish etdilar.

Bahs-munozaralarga boy o‘tgan musobaqa davomida qatnashchilar tarix, adabiyot, fan, zamonaviy texnologiyalar hamda mamlakatimizdagi islohotlarga oid savollar orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.

Mazkur intellektual o‘yin yoshlar o‘rtasida ilm-fan va madaniyatga qiziqishni oshirish, shuningdek, ular orasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Text to speech