Mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida zamon talablariga mos harbiy kadrlarni tayyorlashda yangicha yondashuv
Milliy gvardiya tizimida 2025/2026-yil uchun ishlab chiqilgan asosiy tadbirlar rejasi asosida, joriy yilda Jamoat xavfsizligi universiteti hamda boshqa Oliy harbiy taʼlim muassasalarini tamomlab Milliy gvardiya bo‘linmalarida xizmatini davom ettirishga bel bog‘lagan yosh ofitserlar tarkibi bilan, Milliy gvardiya “Karmana” dala-o‘quv markazida o‘quv-uslubiy yig‘ini tashkillashtirildi.
Mazkur o‘quv-uslubiy yig‘inda yosh ofitserlarning jangovar salohiyatini oshirish, jismoniy va maʼnaviy tayyorgarligini mustaxkamlashga alohida eʼtibor qaratilib, bo‘linmalarda qo‘l ostidagi shaxsiy tarkibni mohirlik bilan boshqarishda o‘zlari har tomonlama namuna bo‘lishlari uchun, mavjud qurol aslaha va texnikalar tasnifi va ulardan o‘q otish, jismoniy va ruxiy zo‘riqishlarga bardoshli bo‘lish, shuningdek Qurolli Kuchlarining yangi nizom talablari bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalari yuzasidan sinovlar qabul qilindi.
O‘quv yig‘inining yakuni arafasida Milliy gvardiya qo‘mondoni-general mayor R.Djurayev “Karmana” dala-o‘quv markaziga tashrif buyurib, yosh ofitserlar bilan uchrashdi. Unda o‘quv uslubiy yig‘inga masʼul rahbarlar hamda Jamoat xavfsizligi universitetining harbiy kafedra o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida Milliy gvardiya tizimida kelgusi xizmatini davom ettirishga shay bo‘lgan yosh ofitserlarning, bo‘linmalarda jangovar xizmat faoliyatini tashkillashtirishda nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini uyg‘unlashtirgan holda zamon talablariga mos tayyorgarlik darajalari o‘rganildi.
Tadbir yakunida Qo‘mondon tomonidan yosh ofitserlarga, xalqaro tajribani o‘rganish va tahlil qilib borish, turli tahdidlar va harbiy harakatlar teatri xususiyatlarini hisobga olgan holda bilim va ko‘nikmalarini muntazam takomillashtirib borish, shuningdek tizimda yo‘lga qo‘yilgan ustoz-shogird anʼanalarini mustahkamlashga doir muhim vazifalar belgilab berildi.
Albatta yosh ofitserlar uchun mazkur o‘quv-uslubiy yig‘in kelgusi faoliyatida muhim qadam bo‘lib hisoblanadi va xizmat davomida o‘z samarasini beradi.