Milliy gvardiya qo‘mondoni general-polkovnik B. Tashmatovning yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvi Jamoat xavfsizligi universitetida bo‘lib o‘tdi.
Unda Milliy gvardiyaga biriktirilgan va otaliqqa olingan yoshlar hamda poytaxtimizning Yunusobod va unga tutash Toshkent tumani yoshlar yetakchilarining taklif hamda murojaatlari tinglanib, mavjud masalalarini hal etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.