Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya va Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Yurtimizda “Muzeylar haftaligi” boʻlib oʻtmoqda. Mazkur haftalik davomida Milliy gvardiya qoʻmondonligi tomonidan ham gvardiyachilarning milliy muzey fondida saqlanayotgan noyob ashyolar va qimmatli kolleksiyalar bilan yaqindan tanishishi, boy tarixiy va madaniy merosimizdan bahramand boʻlishlarini taʼminlash maqsadida qator tadbirlar tashkil etilmoqda.
Prezidentimizning 2024-yil 19-iyuldagi "Siyosiy qatagʻon qurboni boʻlgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini oʻrganish, targʻib etish hamda ularni xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish toʻgʻrisida"gi 270-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash doirasida Milliy gvardiya va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandumda gvardiyachilar va ularning oila aʼzolari bilan Siyosiy qatagʻon qurbonlarining hayoti va merosini chuqur oʻrganishga qaratilgan tadbirlarni yanada jadallashtirish, arxiv materiallari, yodnomalar va tarixiy manbalar asosida maʼrifiy tadbirlar, koʻrgazmalar, qoʻshiqlar tayyorlash, harbiy qism va muassasalarda maxsus maʼruza darslari, konferensiyalar va faxriy uchrashuvlar tashkil etish kabilar koʻzda tutilgan.
Shundan soʻng, gvardiyachilar va kursantlar hamda Temurbeklar maktabi oʻquvchilari uchun muzeyga ekskursiya tashkil etildi. Shu bilan birga qatagʻon qurbonlari hayot yoʻli aks ettirilgan video filmlar namoyish etildi va Milliy gvardiya Ashula va raqs ansambli xonandalarining vatan haqidagi qoʻshiqlari hamda Jamoat xavfsizligi universiteti katta ofitseri Shuxratxon Muxammatxonovning “Yurt shahidlari” va “Jadidlar” kompozitsiyalari yigʻilganlarga havola etildi.
Shuni taʼkidlab oʻtishimiz kerakki, siyosiy qatagʻon qurbonlarining hayoti va faoliyatini oʻrganish, ularning nomini abadiylashtirish — bu faqat tarixiy burch emas. Bu – milliy faxr, xalq xotirasiga hurmat, va istiqlol gʻoyalariga sadoqat ramzidir.

Text to speech