Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti “Davlat huquqiy fanlar va inson huquqlari” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi: milliy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishlari va istiqboldagi vazifalar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida xalq hokimiyatchiligi, inson qadri, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik kabi ezgu g‘oyalar atrofida fuqarolarni jipslashtirish masalalari bosh qomusimizdan joy oldi.
Shu masalalardan kelib chiqib, 2026-yilning 5-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Davlat huquqiy fanlar va inson huquqlari” kafedrasi tashabbusi bilan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi: milliy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishlari va istiqboldagi vazifalar” mavzusiga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi davlat hokimiyati va boshqaruvi, sud-huquq tizimi, Parlament hamda fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim muloqot maydoniga aylandi.
Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘i, yuridik fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist Rustambayev Mirzayusup Xakimovich ochib berib, o‘z so‘zida ushbu Murojaatnomaning davlat va jamiyat hayotini isloh qilishda strategik ahamiyatga ega bo‘lgan muhim dasturiy hujjat ekanligini alohida ta’kidladi.
Konferensiyada, –
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, y.f.n. Abdullayev Javlon Murodjonovich “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqiga murojaatnomasi: Parlament oldidagi vazifalar” mavzusidagi;
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari, y.f.d., dotsent Narimanov Bekzod Abduvaliyevich “Fuqarolik jamiyati institutlarining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari” mavzusidagi;
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Sho‘ba mudiri, y.f.d., dotsent Safarov Djaxongir Ismoilovich “Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda qonunlarning rolini kuchaytirish - zamonaviy davlat boshqaruvining muhim sharti” mavzusidagi;
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti loyiha rahbari, i.f.d., dotsent Rasulov Nodirbek Madraximovich “Mamlakat taraqqiyotining eng muhim tayanchi - iqtisodiyotni texnologik rivojlantirish va uning innovatsion o‘sishini ta’minlash” mavzusidagi;
5. O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘ining oʻrinbosari, y.f.d., professor Zulfiqarov Sherzod Xurramovich “Hokimning bir vaqtda mahalliy Kengash raisi bo‘lishi vakolati konstitutsiyaviy jihatdan bekor qilindi” mavzusidagi sermazmun ma’ruzalari bilan faol qatnashdilar.
Bundan tashqari, konferensiyada:
– sud-huquq sohasi bo‘yicha yetakchi olimlar va ekspertlar;
– huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari;
– konstitutsiyaviy huquq, ma’muriy huquq va parlament huquqi yo‘nalishlaridagi milliy olimlar va tadqiqotchi mutaxassislar;
– O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti shaxsiy tarkibi;
– fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.