Milliy gvardiya tizimida moliyaviy shaffoflik va korrupsiyadan xoli muhitni ta’minlash bo‘yicha o‘quv yig‘ini o‘tkazildi
Milliy gvardiya tizimida korrupsion muhitni oldini olish va moliyaviy kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Moliya-iqtisod boshqarmasi tomonidan hududiy boshqarmalar, muassasalar hamda harbiy qismlar moliya organlari shaxsiy tarkibi ishtirokida 3 kunlik o‘quv yig‘ini tashkil etildi.
Unda joriy yil 27-yanvar kuni Davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalar — korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish, “korrupsiyadan xoli muhit” yaratish, moliyaviy nazoratni raqamlashtirish va rahbarlar mas’uliyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Mashg‘ulotlarda 2025-yil yakunlari tahlil qilinib, moliyaviy intizomni mustahkamlash, mablag‘lardan samarali foydalanish hamda ichki nazoratni kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, 2026-yil uchun ustuvor vazifalar belgilab olinib, moliyaviy shaffoflikni ta’minlash va korrupsion xavflarning oldini olish yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.