Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

NAVBATDAGI BITIRUV TADBIRI

Kuni kecha Milliy gvardiya Ixtisoslashtirgan o‘quv markazida Milliy gvardiya Toshkent shahar va Toshkent viloyati boshqarmalari harbiy qismlari hamda Ichki ishlar vazirligi Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash bo‘yicha qo‘shinlari bo‘linmalarida serjantlik lavozimida shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchi va xodimlarning “Mutaxassislarni tayyorlash kursi” yakuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda o‘quv markazi boshlig‘i polkovnik X.Dadabayev so‘zga chiqib, o‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilarni muborakbod etdi va ularga kelgusi xizmat faoliyatlarida omad tiladi. Shundan so‘ng, o‘quv kursi davomida o‘z bilim va malakalarini yana-da oshirib, imtihonlarni ijobiy topshirgan bitiruvchilarga sertifikatlar taqdim etildi.

Tadbir so‘ngida bitiruvchilar yaratib berilgan shart-sharoitlar uchun Milliy gvardiya qo‘mondonligiga hamda bilim, ko‘nikma va mahoratlarini oshirishda ko‘makchi bo‘lgan o‘quv markaz rahbariyati va professor-o‘qituvchilariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Text to speech