Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

OILA — JAMIYAT VA DAVLAT HIMOYASIDA

Bugungi shiddat bilan o‘zgarib borayotgan zamonda davlatning rivojlanishida oilalarning mustahkamligi muhim o‘rin tutadi. Zamonaviy, namunali va farovon oilani barpo etish davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Oilalarda yuzaga keladigan ziddiyatlar hamda ajrimlarni oldini olish, kam taʼminlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni psixologik ruhiyatini o‘rganish orqali turli jinoyatlarni oldini olish, tazyiqqa uchragan ayollarni himoya qilish maqsadida Sirdaryo viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi psixolog harbiy xizmatchilari hamda Oila va mahallani qo‘llab-quvvatlash xodimlari bilan hamkorlikda bugungi kunda bir qator chora tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Xususan, “Bo‘ston”,“Madaniyat”, “Ahillik”, “Taraqqiyot” MFYlarda aholi hamda "Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari"ga kiritilgan fuqarolar bilan kunlik muloqot olib borilib, ularga huquqiy maslahatlar berilgan holda, mavjud muammolarini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Text to speech