Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligiga bag‘ishlab "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!" degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan “Ochiq eshiklar kuni” va “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga qarashli harbiy qismlardan birida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligiga bag‘ishlab "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!" degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan “Ochiq eshiklar kuni” va “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.

Shu kuni Toshkent shahridagi 22-sonli “Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchilari harbiy qismda mehmon bo‘lishdi. Ular harbiylar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, yotoqxona, oshxona, maʼnaviyat va maʼrifat xonasi, o‘quv sinflari, sport zalini ko‘zdan kechirishdi. Undan tashqari yoshlarga harbiy qismdagi mavjud texnikalar, xizmat otlaridan foydalanish tartibi, yaradorlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda harbiy xizmatchilarni bo‘sh vaqtini maroqli o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan kutubxona faoliyati bilan ham tanishdilar. Harbiy qismda o‘z yigitlik burchini o‘tayotgan muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan taqdim etilgan ko‘rgazmali chiqishlar yig‘ilganlar eʼtirofiga sazovor bo‘ldi.

Shundan so‘ng, yoshlar va harbiy xizmat faxriylari ishtirokida uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida faxriylar tomonidan yig‘ilganlarga mustaqillik yillarida mamlakatimizda barcha sohalar va tarmoqlarda erishilgan ulkan yutuq va marralar, xususan, Qurolli Kuchlarda amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolariga berilayotgan imtiyoz va yaratilgan sharoitlar, Qurolli Kuchlarning yangi qiyofasi aniq va taʼsirchan misollar orqali keng ochib berildi. Uch avlod uchrashuvi tadbiriga harbiy qismda tashkil etilgan badiiy havaskorlik guruhining ijodiy chiqishlari ko‘tarinki kayfiyatda yakun yasadi.

Text to speech