Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent “Temurbeklar maktabi” hamda Harbiy musiqa akademik litseyi bitiruvchilariga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi

Poytaxtimizdagi Milliy gvardiya Temurbeklar maktabida bo‘lib o‘tgan mazkur tantanali tadbir yuqori darajada tashkillashtirilib, unda Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari S.Mamayusupov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi aʼzosi R.Kalanov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Sh.Ulug‘bekov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi vakili D.Jalolov,   O‘zbekiston Respublikasi  Harbiy prokurori o‘rinbosari A.Xomidov,   Yoshlar ishlari Agentligi direktori o‘rinbosari A.Mo‘minov,  Toshkent shahar xokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari D.Raximova, shuningdek, sohaga oid rahbarlar, faxriylar, ota-onalar va mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi.  

So‘zga chiqqanlar, Davlatimiz rahbarining “Bugungi kunda har birimiz amalda Vatan himoyachisi bo‘lishimiz, yoshlarimizni ham shu ruhda kamol toptirishimiz zarur” deya taʼkidlagan so‘zlarini yodga olib,  Yoshlarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalashda hamda Milliy armiyamizni, har tomonlama yetuk kadrlar bilan taʼminlashda Milliy gvardiya tizimida faoliyat yuritayotgan harbiy taʼlim muassasalarining muhim  o‘rni haqida so‘z yuritib, yangi hayotga qadam qo‘yish arafasida turgan bitiruvchilarga      samimiy tilaklarini bildirishdi.

Shuningdek, ushbu dargohlarni bitirayotgan va ko‘zlari chaqnab turgan o‘quvchi yoshlar maqsadlari yo‘lida davom etib, oliy va oliy harbiy taʼlim muassasalarining kursant va talabalari bo‘lib kelgusida albatta Vatanimiz tinchligi hamda osoyishtaligini mustahkamlashga o‘z hissalarini  qo‘shishlariga va Yangi O‘zbekistonning mustahkam qanotlariga aylanishlariga katta ishonch bildirildi.

Shundan so‘ng, “Temurbeklar maktabi”ning 143 nafar bitiruvchilariga diplom va ko‘krak nishonlari (shundan 6 nafariga imtiyozli diplom va “Aʼlochi o‘quvchi” ko‘krak nishoni) topshirilgan bo‘lsa, Harbiy musiqa akademik litseyining 37 nafar bitiruvchisiga  (shundan 6 nafariga imtiyozli diplomlar) diplom va ko‘krak nishonlari tantanali ravishda taqdim etildi.
Ko‘tarinki ruhda davom etgan tadbirning badiiy qismida Harbiy musiqa akademik litseyi o‘quvchilarining “Zarbli cholg‘ular ansambli”   guruhi chiqishlari hamda “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarining qo‘l jangi ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.

Ushbu marosim nafaqat bitiruvchilar uchun balki ularni katta hayajon bilan kuzatayotgan yaqinlari va ota-onalari uchun ham unutilmas kun bo‘ldi.

Text to speech