Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

“AMIRSOY POLO CUP 2022” MUSOBAQASI: MILLIY GVARDIYA TOSHKENT SHAHAR JAMOASI FAXRLI 1-O‘RINDA

Joriy yilning 9 yanvar kuni Amirsoy tog‘ kurorti hududida 2200 metr balandlikda qor ustida ot polosi bo‘yicha "Amirsoy Polo Cup 2022" musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada NRG Polo, Milliy gvardiya ot sporti bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi, OFB Polo va Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi mahoratli chavandozlaridan iborat bo‘lgan jami 4 ta jamoa ishtirok etdi. Bahslar 4 daqiqadan 4 taym davom etdi. Birinchi yarim final bahsida Milliy gvardiya ot sporti maktabi jamoasi sportchilari OFB Polo jamoasiga 8:1 natijasi bilan hisobni boy berdi.

Keyingi bahslarda Milliy gvardiya jamoasi NRG Polo jamoasi sportchilarini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Musobaqaning final bosqichi uchun kechgan bahsda Milliy gvardiya jamoasi 3:1 hisobida OFB Polo jamoasini ham mag‘lubiyatga uchratib, musobaqa g‘olibiga aylandi.

Mohir chavandozlar milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmati va ulug‘ ajdodlarimizga xos mardlik va jasoratlarini namoyon etib, ushbu musobaqani hayajon bilan tomosha qilgan yoshlar qalbida ot sportiga bo‘lgan qiziqishlarini uyg‘ota olishdi.

Olqishlar ostida o‘tgan musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarga kubok hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Text to speech