Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

VATANPARVARLIKKA IXTISOSLASHTIRILGAN SINF O‘QUVCHILARINING MILLIY GVARDIYA SURXONDARYO VILOYATI QO‘RIQLASH BOSHQARMASIGA TASHRIFI

Yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy armiyamizga hurmat, fidoyilik kabi g‘oyalarni shakllantirish maqsadida Termiz shahridagi 17-sonli umumtaʼlim maktabining harbiy vatanparvarlikka ixtisoslashtirilgan o‘quvchilari uchun Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi. Unda harbiy xizmatchi va xodimlar tomonidan harbiy texnika va qurol-aslahalarning ko‘rgazmali namoyishi, elektron tirdan otish kabi mashg‘ulotlar, shuningdek, o‘quvchilar uchun boshqarma psixologlari tomonidan psixologik trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Tadbir davomida o‘quvchilar boshqarmada yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, sharafli va mashaqqatli kasb egalarining faoliyati va tajribalari to‘g‘risida tushunchalarga ega bo‘ldilar.

Text to speech