“Vatanparvar” tashkiloti tomonidan 500 metrlik marafon hamda zotdor xizmat itlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Tadbirda turli tashkilot va muassasalardan ishtirokchilar qatnashib, musobaqa davomida ularning jismoniy tayyorgarligi, shuningdek, xizmat itlarining tayyorgarlik darajasi sinovdan o‘tkazildi.
Mazkur musobaqada Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetining kinologiya jamoasi faol ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etdi hamda faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, ko‘rgazma doirasida taqdim etilgan xizmat itlari orasida “Sandra” laqabli nemis ovcharkasi “Eng nasldor nemis ovcharkasi” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi.
Tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, ishtirokchilar o‘rtasida tajriba almashish, xizmat itlarini tayyorlash bo‘yicha malakalarni oshirish hamda soha rivojiga xizmat qildi.