Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

SIRDARYO VILOYATIDA HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI ORGANLARI O‘RTASIDA VOLEYBOL MUSOBAQASI BO‘LIB O‘TDI

Harbiy xizmatchi va xodimlarning jismonan sog‘lomligi va ruhiy tayyorgarligini oshirish uchun muntazam ravishda mashg‘ulotlar o‘tkazilishi sir emas. Bu borada sport musobaqalarining ahamiyati yuqori. Sog‘lom raqobat esa taraqqiyot omilidir.

Shu bois kuni kecha Sirdaryo viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Musobaqada viloyatning Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona va Ichki ishlar boshqarmalari harbiy xizmatchi va xodimlaridan tashkil topgan oltita jamoa ishtirok etdi. Murosasiz kechgan bellashuvda uchinchi o‘rinni Ichki ishlar boshqarmasi jamoasi, ikkinchi o‘rinni Davlat xavfsizlik xizmati jamoasi qo‘lga kiritdi. Faxrli birinchi o‘ringa esa Milliy gvardiya jamoasi munosib deb topildi. G‘olib va sovrindorlarga hamkor tashkilotlarning diplom va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Text to speech