Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

XORIJIY HAMKOR BILAN KELGUSIDAGI HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI

Milliy gvardiya Xalqaro hamkorlik boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hamda ko‘plab hamkor davlatlarning tegishli vazirlik va idoralari bilan o‘zaro keng qamrovli hamkorligini yana-da rivojlantirish maqsadida bir qator tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.

Shu jumladan, kuni kecha, Milliy gvardiya Xalqaro hamkorlik boshqarmasi binosida Turkiyaning O‘zbekistondagi Elchixonasi huzuridagi Ichki masalalar bo‘yicha maslahatchi polkovnik Mustafa Avji va Elchixona huzuridagi xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchi Nejat Billarning Milliy gvardiya vakillari bilan navbatdagi ishchi uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuv davomida o‘zaro tajriba almashish, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarini o‘qitish, ikki tomonlama tashriflarni tashkil etish masalalari, shuningdek hamkorlikning boshqa istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, Milliy gvardiya va Turkiya Jandarmeriyasi o‘rtasida harbiy kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish hamda Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti va Turkiya Jandarmeriyasi Akademiyasi o‘rtasida amaliy hamkorlikni o‘rnatish bo‘yicha takliflar bildirib o‘tildi.

Do‘stona ruhda kechgan mazkur uchrashuv ikki tomonlama hamkorlikni yana-da kengaytirish va rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Text to speech