Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

YUNISEF va hukumat vakillari ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda O‘zbekistonda bolalarga g‘amxo‘rlik qilish tizimini isloh qilish bo‘yicha kelgusi rejalarni muhokama qildilar

Joriy yil 17 noyabr kuni poytaxtimizda YUNISEF va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati hamkorligida ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoki mahrum bo‘lish xavfi ostida bo‘lgan bolalarning hozirgi ahvoli hamda mamlakatimizda bolalarga g‘amxo‘rlik qilish tizimini isloh qilish borasidagi kelgusi rejalar bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari D.Tashmuxamedova moderatorligida tashkil etilib,  unda YUNISEFning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Afshan Xan, YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari M.Mamedzoda, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev, shuningdek Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili A.Yunusova, SOS O‘zbekiston Bolalar mahallari uyushmasi direktori G.Abidova, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari G.Maʼrupova, Xalq taʼlimi vaziri o‘rinbosari R.Karimjonov, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi direktori V.Alimova, hamda Milliy gvardiya va boshqa masʼul tashkilot mutasaddilari ishtirok etdilar.

Tadbir ochiq muloqot tarzida davom etib, so‘z olganlar tomonidan deinstitualizatsiya bo‘yicha oldinga qadam tashlash yo‘llari, jumladan, muvofiqlashtirishni kuchaytirish, huquqiy meʼyoriy bazani mustahkamlash, mutaxassislar salohiyatini oshirish hamda zaif bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash uchun hamjamiyatga asoslangan xizmatlarni tashkil etish masalalari  yuzasidan fikrlar bildirildi.

Mavzu doirasida, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev  yurtboshimizning yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan  Qaroriga muvofiq, joriy yilning avgust-oktyabr oylarida amalga oshirilgan ishlar va tubdan yangilangan tizimning samarali natijalari bo‘yicha batafsil maʼlumot berdi.

O‘z navbatida, YUNISEF tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Afshan Xan - “O‘zbekiston davlatini bolalarni deinstitualizatsiyalash borasida olgan qatʼiy majburiyati uchun qutlab, islohotlarning davomiy va samarali bo‘lishi uchun bolalarni, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa guruhlarni qamrab olgan yirik muassasalarni bosqichma-bosqich yopishni davom ettirish juda muhimligini alohida taʼkidlab o‘tdi.   

Moderator Dilorom Tashmuxamedova O‘zbekistonda deinstitualizatsiya bo‘yicha qatʼiy siyosatni shakllantirishda muvaffaqiyatga erishilganligini mamnuniyat bilan tilga olib, bu boradagi ishlar davlatimiz rahbarining belgilab bergan aniq va maqsadli vazifalari asosida  tizimli ravishda davom ettirilishiga ishonch bildirdi.

 

Text to speech