Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universitetida “Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlar tayyorlash: milliy va xorijiy tajriba” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Konferensiya davomida ishtirokchilar jamoat xavfsizligini ta’minlash organlari uchun kadrlar tayyorlashning zamonaviy muammolari va tendensiyalarini muhokama qildilar. Milliy va xorijiy ta’lim muassasalari o‘rtasida tajriba almashish, o‘qitishning innovatsion usullarini joriy etish, xalqaro hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yalpi va sho‘ba majlislari doirasida quyidagi yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi:

  • Mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga zamonaviy yondashuvlar;
  • Turli mamlakatlar ta’lim dasturlarining qiyosiy tahlili;
  • O‘qitish va malaka oshirishda innovatsion texnologiyalar va metodikalar;
  • Kadrlar tayyorlashning psixologik, yuridik va texnik jihatlari.

Konferensiyada Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Turkiya Respublikasi, Janubiy Koreya Respublikalari va boshqa mamlakatlarning tegishli oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, davlat tuzilmalari va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar vazirligi rahbariyati vakillari, shuningdek, xorijiy ekspertlar tabrik so‘zlari yo‘lladilar.

Muhokamalar natijasida jamoat xavfsizligi sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi, shuningdek, turli mamlakatlarning ta’lim va ilmiy muassasalari o‘rtasidagi kelgusidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari belgilab olindi. Ishtirokchilarning ma’ruza va maqolalari konferensiya materiallari to‘plamida chop etiladi.

Ishtirokchilar tadbirning tashkil etilishi, ko‘tarilgan mavzularning dolzarbligi va boshqa mamlakatlardagi hamkasblar bilan tajriba almashish imkoniyatini yuqori baholadilar. Jamoat xavfsizligi universitetining xalqaro ilmiy muloqotni rivojlantirish va zamonaviy ta’lim standartlarini joriy etishdagi o‘rni alohida qayd etildi.

Tashkiliy qo‘mita konferensiyaning barcha ishtirokchilari, ma’ruzachilari va hamkorlariga faol ishtiroki va professional hamjamiyatni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiradi.

 

Text to speech