Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tizimida“Saf tayyorgarligi bo‘yicha eng ilg‘or bo‘linma” ko‘rik tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi va g‘oliblar aniqlandi.

 Mustaqilligimizning 34 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu g‘oya ostida belgilangan dastur asosida bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tizimida ham bayram oldi “Saf tayyorgarligi bo‘yicha eng ilg‘or bo‘linma” ko‘rik-tanlovi tashkil etilib, unda yangi Qurolli Kuchlar tizimida Saf nizomi ko‘rinishlari gvardiyachilar tomonidan amalda bajarib ko‘rsatildi. 

Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondonining joriy yil 14 fevralda e'lon qilgan farmoniga muvofiq Qurolli Kuchlar tizimida yangi Saf nizomi ishlab chiqildi. Ushbu Saf nizomi asosida Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari ichida ilk marotaba Milliy gvardiya tizimida “Saf tayyorgarligi bo‘yicha eng ilg‘or bo‘linma” ko‘rik-tanlovi 3 bosqichda, ya'ni harbiy qismlar, mintaqaviy va respublika bosqichi ko‘rinishida bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur ko‘rik-tanlov Milliy gvardiya bo‘linmalarining saf tayyorgarligidan amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, sog‘lom raqobatni rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish, shaxsiy tarkibning qurol bilan maxsus saf usullarini bajarishda o‘ziga nisbatan ishonchni oshirish maqsadida yilda ikki bor: Vatan himoyachilari kuni arafasida hamda Mustaqillik bayrami oldidan o‘tkazilishi belgilab olindi. 

Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirning respublika bosqichi sinovlari Jamoat xavsizligi universiteti bazasida o‘tkazilib, unda ishtirok etgan 11 ta jamoalarning saf qoidalarini o‘zlashtirganligi baholandi. Musobaqa jarayonlarida yakka tartibda qurol va qurolsiz saf usullarini namoyish etish; saf qo‘shig‘ini tantanali aytib o‘tish, jangovar hayqiriq hamda qurol bilan ko‘rgazmali maxsus saf usullari kabi shartlar amalda bajarildi.

Shuni alohida ta'kidlashimiz kerakki, ko‘rik-tanlovdan ko‘zlangan yana bir maqsad “Jasorat maktablari”o‘quvchilarining kelgusida tanlovda ishtirok etishini ta'minlash orqali yurtimizda vatanparvarlik tarbiyasi, harbiy sohaga qiziqishni oshirish, kelajak avlodning yuksak ma'naviy salohiyatini shakllantirishdan iboratdir. 

Yangi Saf nizomi bo‘yicha Qurolli kuchlar tizimida ilk marotaba o‘tkazilgan “Saf tayyorgarligi bo‘yicha eng ilg‘or bo‘linma” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi g‘oliblari ishtirokidagi tantanali marosim Ichki ishlar vazirligiga qarashli “JAR” sport majmuasida bo‘lib o‘tdi.

Unda Milliy gvardiya qo‘mondonligi, Mudofa, Ichki ishlar vazirliklari, Bojxona qo‘mitasi, Yoshlar ishlari Agentligi va harbiy ta'lim muassasalari mutasaddi rahbarlari hamda kursant va tinglovchilari, shuningdek jasorat maktabi o‘quvchilari hamda mahalliy yoshlar ishtirok etishdi. 

Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar e'tiboriga gvardiyachilar tomonidan tayyorlangan amaliy ko‘rgazmali chiqishlar harbiy orkestr ishtirokidagi musiqali taronalar havola etildi. “Saf tayyorgarligi bo‘yicha eng ilg‘or bo‘linma” ko‘rik tanlovining respublika bosqichiga yetib kelgan va munosib ishtirok etgan jamoalar tomonidan saf nizomiga kiritilgan yangi saf usullarini mohirona bajarilishi va Faxriy qorovul batal'oni jamoasining namunali saf chiqishlari barchada katta taassurot qoldirdi. Mazkur ko‘rik tanlovda tizimdagi gvardiyachi qizlarning ham ishtirok etganligi esa qo‘mondonlik tomonidan gender tenglik masalalariga alohida e'tibor qaratilayotganligining yaqqol dalilidir. 

Yakunda g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, 3-o‘rin — Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmalari jamoalariga nasib etgan bo‘lsa, 2-o‘rinni — Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasi qo‘lga kiritdi, faxrli 1-o‘rinni — “Sher” jamoasi egalladi. 

G‘oliblar diplom va pul mukofotlari bilan munosib rag‘batlantirildi.

Text to speech