MUDDATLI HARBIY XIZMATCHILAR BILAN VIDEOMULOQOT TASHKILLASHTIRILDI
Harbiy-vatanparvarlik oyligi doirasida Milliy gvardiya bo‘linmalarida muddatli harbiy xizmat o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlash maqsadida ularning ota-onalari bilan onlayn videomuloqot tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan, Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasida muddatli harbiy xizmat o‘tayotgan askarlarimizga yaqinlari bilan telemuloqot tashkillashtirildi. Telemuloqotda o‘zining namunali xulqi va burchga sadoqati bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan muddatli harbiy xizmatchilar ishtirok etdilar. Muloqot ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Yigitlik burchini ado etib, uyidan uzoqda xizmat qilayotgan muddatli harbiy xizmatchilarning ota-onalari ushbu uchrashuvdan behad shodlandilar, kelayotgan Vatan himoyachilari kuni bilan farzandlarini qutlab, dilbandlari diydoriga to‘ydilar.
Farzandlarini ko‘rib ko‘zlari quvonch yoshlariga to‘lgan ota-onalar ularning sadoqatli xizmatlari uchun tashakkurnomalar bilan taqdirlanib, yurtimizda yaratilayotgan shart-sharoitlardan minnatdor bo‘ldilar.