XODIMLARNING TEZKOR HARAKATI TUFAYLI JINOYATNING OLDI OLINDI.
Joriy yilning 13 fevral kuni Namangan shahrida yashovchi fuqaro Q.D.ning murojaatiga ko‘ra Namangan shahar “Chorsu” dehqon bozoriga savdo qilish uchun kelgan vaqtida, uni eʼtiborsizligidan foydalangan nomaʼlum shaxs, yonidagi sumkasi (sumkasi ichidagi 550.000 so‘m puli, fuqarolik pasporti va bank plastik kartochkasi) ni o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilgan. Olingan xabarga asosan IIB va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan tezkor tadbir amalga oshirilib, ushbu holat Namangan shahrida yashovchi fuqaro M.S. va U.O lar tomonidan sodir etilganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
***
Buxoro viloyatida joriy yilning 14 fevral kuni taxminan soat 19:11lar atrofida olingan xabarga ko‘ra Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda Milliy gvardiya xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Hamkorlikdagi “REYD” tadbiri davomida Shofirkon tuman Churruk cho‘l massivida davlat raqamisiz Ford tranzit yuk mashinasini to‘xtatilib avtoulov ichida 40ta qop joylashtirilgan tilla aralashmali qum mavjudligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan hozirda Shofrikon tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
***
Joriy yilning 14 fevral kuni soat taxminan 06.10larda, olingan xabarga ko‘ra Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Chtlonzor tumanidagi ko‘p qavatli uylarning biri atrofidagi elektr sim yog‘ochlaridan 50 metr mis simlarini qirqib olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Olib borilgan dastlabki surishtiruv ishlari natijasida ushbu shaxs Toshkent shahar Shayhontoxur tumanida yashovchi fuqaro P.Sh. ekanligi maʼlum bo‘lgan. Hozirda Chilonzor tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.