Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

2023 yilning 11 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi. Mazkur farmonning mazmuni bugunda vazirlik, tashkilot va idoralarda o‘rganilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tizimidagi harbiy xizmatchi, xodimlar va ishchi xizmatchilarga «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonning mazmun mohiyati mutaxassislar tomonidan seminarlar jarayonida yetkazilmoqda. Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi Milliy gvardiya maʼnaviyat va maʼrifat markazi va poytaxtimizning Uchtepa tumanida joylashgan harbiy qismda “Yangi O‘zbekistonda inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish davlat siyosatining bosh mezoni” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Jamoat xavfsizligi universiteti tarixchi olimlari, taniqli jurnalist va siyosatshunoslar ishtirok etishib, mavzu borasida maʼruzalar qilishdi.

Notiqlar tomonidan strategiyada 5 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha 100 ta muhim maqsad o‘z aksini topganligi aytib o‘tilib, strategiya o‘z ichiga barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin olish, aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan taʼlim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish, aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish, xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish, mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli taʼminlash kabi asosiy g‘oyalarni o‘z ichiga olganligi batafsil tushuntirib o‘tildi.

Text to speech