Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan «Butunjahon yoshlar festivali‘ doirasida Milliy gvardiya tomonidan “Yoshlar shaharchasi”da bir qator vatanparvarlik pavilyonlari tashkil etilib, mamlakatimiz yoshlari uchun bayram dasturlari tashkil etilmoqda

30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan «Butunjahon yoshlar festivali‘ doirasida poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyi hududida tashkil etilgan Yoshlar shaharchasi Jasorat ko‘chasida Milliy gvardiyaning “Temurbeklar maktabi”,Temurbeklar hamda “Kamondan otish” pavilyonlari yoshlar uchun bir qator madaniy-maʼnaviy dasturlar, tanlovlar, musobaqalar o‘tkazmoqda.

Xususan, bugun bo‘lib o‘tgan tadbirlar ham yoshlarimizda juda katta taassurot qoldirdi.

Sana munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida bo‘lib o‘tgan madaniy tadbirda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari, ularning oila aʼzolari, mahalliy yoshlar va sportchilar ishtirok etdi.

Tantanali tadbir “Milliy gvardiyam” qo‘shig‘i bilan start olib, Milliy gvardiya ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan ushbu qo‘shiq faxr va iftixor bilan ijro etildi.

Milliy gvardiya Namunali harbiy orkestr jamoasining musiqiy chiqishlari bo‘lsa, barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, musiqaning har bir ohangiga Vatan madhi singdirilgan.

Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlarining qo‘l jangi hamda Milliy gvardiya Faxriy qorovul batalyonining ko‘rgazmali chiqishlari bo‘lsa, o‘quvchi-yoshlarda harbiy vatanparvarlik, yurtga sadoqat tuyg‘ularini mavjlantirdi desak adashmaymiz.

Ayniqsa, Parij-2024 XXXIII “Yozgi olimpiya” o‘yinlari litsenziyatlari O‘zbekiston kamondan otish milliy terma jamoasi aʼzolari Sodiqov Amirxon va Abdusattarova Ziyodaxonlarning sahnaga taklif etilishi, aksariyat tomoshabinlarda kamondan otish sportiga qiziqish uyg‘otdi. “Jadidlar qasidasi” hamda unga sahnalashtirilgan chiqishlar tomoshabinlar ko‘nglidan chuqur joy oldi.

Text to speech