9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Milliy gvardiya qoʻmondonligi va masʼul rahbarlar tomonidan poytaxtimizda istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylari — 88 yoshli Malseva Svetlana Petrovna, 89 yoshli Ananeva Nina Antonovna va 100 yoshni qarshi olgan Kolominseva Antonina Vasilevnalar holidan xabar olindi.
Tashrif davomida davlatimiz rahbarining bayram tabrigi oʻqib eshittirilib, faxriylarga bir martalik pul mukofoti va esdalik sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi.
Urush va mehnat faxriylarining jasorati va fidoyiligi xalqimiz xotirasida mangu saqlanadi.