Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Amir Temur xiyobonida Milliy gvardiya “Temurbeklar maktabi” va Harbiy-musiqa akademik litseyi o‘quvchilarining tantanali va’dasiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.

Amir Temur xiyoboni – xalqimiz uchun katta iftixor manbai va milliy g‘urur  baxshida etadigan maskan bo‘lib, bu  muqaddas joyda Vatanga sadoqat va’dasini bermoq – yosh avlodning Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lidagi yuksak maqsadlar sari qadam qo‘ymoqdir.
O‘quvchi yoshlar uchun unutilmas kun, tantanali va’dasiga bag‘ishlangan ushbu tadbirda Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi deputati X.Xaitov, Respublika Harbiy prokurorining birinchi o‘rinbosari  Q.Isroilov, Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari D.Rahimova, shuningdek, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari va Toshkent shahar prokuraturasi  mutasaddi rahbarlari, faxriylar, ota-onalar va poytaxtimiz mehmonlari bo‘lgan chet-el sayyohlari ishtirok etishdi.
Yoshlarimiz o‘z ota-onalari va yaqinlari guvohligida qilgan tantanali va’dalari yuksak faxr va g‘urur ramzi ekanligini his qilib, ushbu ta’lim muassasalarida harbiy libos kiygan holda o‘qishni davom ettirib, oliy maqsadlari sari qadam qo‘yishdi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar, ko‘zlarida olov chaqnab turgan o‘g‘il-qizlarni tantanali va’dasi bilan qutlab, Yangi O‘zbekistonning ertangi istiqboli yosh avlod qo‘lida ekanligini yodga olgan holda safda turgan yoshlar zimmalaridagi burch hamda mas’uliyatni munosib oqlashlari uchun, Vatanimiz ravnaqi va farovonligi uchun sidqidildan bilim olishlari zarurligini ta’kidlashdi.
Shu bilan birga, Milliy gvardiya qo‘mondonligi tomonidan o‘qitishning yangi tizimi joriy etilishi natijasida “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichi 98,6 foizni tashkil etganligi, xususan 143 nafar bitiruvchilardan 141 nafarining Oliy harbiy va Oliy ta’lim muassasalariga, harbiy musiqa akademik litsey bitiruvchilarining esa oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichi 86,5 foizni tashkil etib
37 nafar bitiruvchilarning 32 nafari Oliy harbiy va Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilinganligi alohida e’tirof etildi.
Ota-onalar nomidan so‘z olganlar esa davlatimiz tomonidan yoshlar ta’lim-tarbiyasi, ularning kelajak maqsadi va istiqboli yo‘lida yaratib berilayotgan ulkan imkoniyatlarni e’tirof etishib yurtboshimizga o‘z minnatdorchiligini bildirishdi.
Marosimning badiiy qismida Milliy gvardiya harbiy musiqa akademik-litseyi o‘quvchilarining “Zarbli cholg‘ular ansambli”ning defile chiqishi va “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarining qo‘l jangi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlari barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

      

 

 

Text to speech