Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

HARBIY XIZMATCHI VA XODIMLAR HAMDA TAʼLIM MUASSASALARI KURSANT VA O‘QUVCHILARI O‘RTASIDA O‘TKAZILGAN VIKTORINA G‘OLIBLARI ANIQLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi, hududiy boshqarmalar harbiy xizmatchilari va xodimlari, Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari hamda “Harbiy musiqa” va “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseylari o‘quvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 32-yilligi hamda 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan Jamoat xavfsizligi universiteti maʼnaviyat-maʼrifat markazida “Yangi O‘zbekistonga sadoqat bilan xizmat qilamiz” deb nomlangan viktorina o‘tkazildi. Unda 10 ta jamoa 3 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashishdi. Mazkur viktorinaning farqli jihati shundan iboratki, ishtirokchilar barcha shartlarni ingliz tilida bajarishdi. Bundan ko‘zlangan maqsad esa, har tomonlama bilimli, chet tillarini mukammal egallagan kadrlarni tayyorlashdan iboratdir. Shaxsiy tarkibning bir nechta xorijiy tillarni bilishi rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Viktorinaning birinchi shartida jamoalar, o‘zlarini kreativ tarzda tanishtirishga urg‘u qaratdi. Ikkinchi, uchinchi shartlarda esa savollarga jamoaviy va yakka holda javob berishdi. Shu orqali ular o‘zlarining ingliz tili savodxonligini ko‘rsatib berishdi.

Jamoalarning chiqishlari Sharqshunoslik va Jahon tillari universitetlarining professor o‘qituvchilari tomonidan baholab borildi.

Yakunda faxrli 3-o‘rinni Milliy gvardiya Harbiy musiqa akademik litseyi o‘quvchilari qo‘lga kiritishdi. 2-o‘ringa esa Milliy gvardiyaning Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan brigadasi harbiy xizmatchilari sazovor bo‘lishdi. 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari bu yilgi viktorinaning ham g‘olibi bo‘lishib, kubokni o‘zlarida saqlab qolishdi.

Barcha g‘olib va sovrindorlar, nominatsiyalar bo‘yicha yutuqqa erishganlar tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

Text to speech