Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Avval xabar berganimizdek, Davlatimiz rahbarining Ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayevning navbatdagi manzilli uchrashuvi parakamondan otish sportchilari bilan bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari videoselektor yig‘ilishida,  2028 yilda Los-Anjelesda bo‘ladigan Olimpiya o‘yinlarida kuchli o‘ntalikka kirish maqsad qilingani va buning uchun tayyorgarlikni kuchaytirishni taʼkidlab  26 ta sport federatsiyalarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratdi.

Belgilab berilgan ustuvor vazifalarning amaliy ijrosi yuzasidan Milliy gvardiya qo‘mondoni - O‘zbekiston Kamondan otish federatsiyasi raisi R.Djurayev, poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi Sport maktabi faoliyati bilan tanishib, mashg‘ulot olib borayotgan parakamonchilar bilan uchrashdi.

Mazkur uchrashuv, O‘zbekiston Kamondan otish federatsiyasi rahbariyati va shtab aʼzolari, Toshkent shahar Sport boshqarmasi boshlig‘i B.Ubaydullayev, Paralimpiya qo‘mitasining katta murabbiyi D.Abdubakirov, sport maktabi direktori A.Abduraimov va tajribali murabbiy U.Imomqulov boshchiligidagi 13 nafar parakamon sportchilari (3 ta xalqaro toifadagi va 1-2 darajali sport ustalari) ishtirokida bo‘lib o‘tdi.   

Unda Olimpiya va Paralimpiya sportini rivojlantirish hamda sportchilarni munosib ishtirokini taʼminlash borasida moddiy texnik bazani yaxshilash, Kamondan otish va Parakamondan otish sportchilarining birgalikdagi mavsumiy musobaqalar o‘tkazilishini tizimlashtirish, Parakamondan otish milliy terma jamoasi tarkibini  kuchaytirish  va ular bilan o‘quv yig‘inlarini tashkillashtirish, chet eldan ilg‘or tajribalar, grantlar jalb qilish choralarini ko‘rish kabi masalalar yuzasidan yuqorida sanab o‘tilgan mutasaddi rahbar va murabbiylarning fikr-mulohazalari tinglanib istiqbolli rejalar belgilab olindi.

O‘z navbatida parakamonchilar ham, Davlatimiz rahbarining doimiy eʼtiborlarini his qilayotganliklarini aytib, o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi. Shuningdek, yaratib berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda   tinimsiz mehnat qilib,   2028 yilda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida nafaqat ishtirok etish balki, yuqori natijalar bilan yurtboshimiz ishonchini oqlashlariga vaʼda berishdi.   

Text to speech