Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

“BAXSHICHILIK SANʼATI” BO‘YICHA KO‘RIK TANLOV VILOYAT BOSQICHI G‘OLIBLARI SURXONDARYODA 

O‘tgan oy mobaynida Milliy gvardiya barcha hududiy bo‘linma va muassasalarida “Baxshichilik sanʼati” bo‘yicha ko‘rik tanlovning viloyat bosqichlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Hayʼat aʼzolarining odilona hukmiga ko‘ra saralash bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan harbiy xizmatchi va xodimlar kecha mamlakatimizning janubidagi gavhari Surxondaryo viloyati markazi Termiz shahrida jam bo‘ldilar.

Milliy gvardiyasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi masʼul rahbarlari hamda viloyat hokimligi masʼullari, Termiz temiryo‘l vokzalida ishtirokchilarni tantanali ravishda kutib olishdi. 

Ishtirokchilar uchun Termiz shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohat tashkil etilib, Surxon vohasining o‘tmishi, boy madaniy meʼrosi, qadriyatlari va tarixiga oid batafsil maʼlumotlar bilan yaqindan tanishtirildi. Bu jarayonda “Al Hakim At Termiziy”, “Sulton Saodat” tarixiy majmualariga borilib, ajdodlarimizning porloq xotirasi yodga olindi. 

Shuningdek, “Termiz arxeologiya muzeyi” hamda “Madaniyat va tarix muzeyiga” tashrif buyurib, muzey eksponatlaridan joy olgan noyob ashyo va kolleksiyalarda xalqimizning ming yillik anʼanalari, qadriyatlari aks etganligining guvohi bo‘ldilar. Hozirda barcha tadbir qatnashchilari final bosqichga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

Text to speech