Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

BESh MUHIM TASHABBUS ORQALI YoSh ISTEʼDODLARNI KASHF ETAMIZ

Maʼlumki bugungi kunda yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini singdirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilib, bu borada davlat va jamoat tashkilotlari bilan bir qatorda huquqni muhofaza qiluvchi organlar ham faol ishtirok etmoqda.

Xususan, joriy yilning 29 iyun kuni Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Romitan tumanida tashkil etilgan "Besh muhim tashabbus orqali yosh isteʼdodlarni kashf etamiz" nomli tadbirda ham intiluvchan, sportga, sanʼatga va bilim olishga qiziquvchan yoshlar kashf etilib, o‘quvchilar o‘rtasida Vatanni madh etuvchi sheʼrlar, atoqli shoirlarimizning tabiat, ota-ona, kitob va kelajak yoshlari haqidagi sheʼrlari tinglandi. Faol qatnashgan yoshlar Milliy gvardiyaning faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

So‘zimiz so‘ngida shuni taʼkidlaymizki, yoshlarimizning katta marralarga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama ko‘mak berish barchamiz uchun eng ustuvor vazifadir. Yoshlarni zamonaviy bilim va tajriba, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bo‘lgan insonlar etib voyaga yetkazaylik. Katta avlodning bilimi va tajribasini, uzoqni ko‘ra olish fazilatlarini yoshlarimizdagi g‘ayrat-shijoat, mardlik, fidoyilik bilan birlashtira olsak, ko‘zlagan marralarga albatta yetamiz.

Text to speech