Davlatimiz rahbari tomonidan aholi osoyishtaligini taʼminlash yuzasidan belgilab berilgan vazifalarning amaliy ijrosini taʼminlash maqsadida Milliy gvardiya qoʻmondoni general-polkovnik B.Tashmatov boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent tumani boʻylab o’rganish ishlarini amalga oshirishdi. Unda tashkil qilingan hamkorlikdagi xizmat faoliyati hamda hududlarda xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan ishlar koʻzdan kechirildi.