“Kitobxon harbiy oilalar” mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi / / Vatanparvarlik oyligi doirasidagi tadbirlar / / Toshkentda qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi / / “Jasorat” filmi premyerasi bo'lib o'tdi / / Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 34 yilligi va 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati Milliy gvardiyada bayramona tadbir o‘tkazildi / / Milliy gvardiya qo'mondonining O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi / / Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan gvardiyachilar xizmat burchini bajarish chogʻida qahramonlarcha halok boʻlgan safdoshlari xotirasiga bagʻishlab Milliy gvardiya Markaziy devoni hududida bunyod etilgan yodgorlik majmuasi poyiga gul qoʻyishib, ularning xotirasiga hurmat bajo keltirishdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanida barpo etilgan yirik quvvatli kogeneratsiya markazi faoliyati bilan tanishdi (https://president.uz/oz/lists/view/8785) / / Moliya, ilg‘or texnologiyalar, madaniyat va turizmning yirik markaziga aylanib borayotgan Toshkent (https://t.me/milliygvardiyauz_official/18196)dunyoning zamonaviy megapolislari andozasi asosida yanada rivojlantiriladi / / Ma'naviy-ma'rifiy seminar-trening o‘tkazildi (https://t.me/milliygvardiyauz_official/18185) / / Qoraqalpogʻiston Respublikasida gvardiyachilar tomonidan (https://telegra.ph/Qoraqalpog%CA%BBiston-Respublikasida-gvardiyachilari-tomonidan-qizil-kitobga-kiritilgan-o%CA%BBsimlikni-noqonuniy-ravishda-olib-ketayotgan-12-16), Qizil kitobga kiritilgan oʻsimlikni noqonuniy ravishda olib ketayotgan shaxs qo'lga olindi / / Toshkent shahrida gvardiyachilar tomonidan sertifikatlanmagan pirotexnika vositalari (https://telegra.ph/Toshkent-shahrida-gvardiyachilar-tomonidan-sertifikatlanmagan-pirotexnika-buyumlari-olib-qoyildi-12-15) olib qo‘yildi / / Farg‘ona viloyatida pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasiga (https://telegra.ph/Fargona-viloyatida-pirotexnika-buyumlarining-noqonuniy-muomalasiga-chek-qoyildi-12-15)chek qo‘yildi / / Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Davlatimiz rahbarining Qarorlari va sport sohasiga oid belgilab bergan ustuvor vazifalarining amaliy ijrosi taʼminlanmoqda

Davlatimiz rahbarining 2021 yil 5 avgustdagi “Chavandozlar maktablari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” Qarorlari asosida, hozirda Toshkent shahri, Buxoro, Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida Milliy gvardiya Chavandozlar maktablari, Surxondaryo viloyatida Qorabayir otlari mahorat maktabi zamon talablari asosida bunyod etilib, faoliyat yuritib kelmoqda.
Toshkent shahrida faoliyat yuritib kelayotgan Milliy gvardiya Chavandozlar maktabi hamda uning hududida boʻlgan kamondan otish sport bazasi kompleksida ham Davlatimiz rahbari tomonidan, olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish borasida belgilab berilgan vazifalarning amaliy ijrosini yaqqol koʻrishimiz mumkin.
Xususan, kuni kecha mazkur majmuaning faoliyati bilan yaqindan tanishish uchun, Milliy gvardiya qoʻmondoni general-mayor R.Djurayev, Prezident Administratsiyasi masʼul xodimi A.Murtazoyev, Sport vazirining oʻrinbosari SH.Mahmudov, Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari D.Rahimova, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi direktori V.Alimova, Oʻzbekiston Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi B.Gaziyev, Oʻzbekiston Polo federatsiyasi raisi A.Rustambayev, Uloq koʻpkari federatsiyasi raisi R.Adxamov, Jaxon Koʻpkari Assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti E.Abzalov hamda sohaga oid mutasaddi rahbarlar tashrif buyurishdi. Unda “Olmos” mahallasi raisi Mamurjon Kenjayev boshchiligidagi mahalla faollari va yoshlari, shuningdek ushbu sport majmuasida doimiy shugʻullanib keluvchi sportchi va murabbiylar hamda poytaxtimizdagi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi.
Ushbu Chavandozlar maktabi, ot sporti turlarini yanada rivojlantirish, yangi avlod chavandozlarini tayyorlash va tarbiyalash, yoshlar oʻrtasida faol targʻib qilish va ommalashtirishga xizmat qilish bilan birga, bolalarni ippoterapiya uslubi yordamida davolaydigan, shuningdek kamon va parakamondan otish sporti turi boʻyicha 70 metrli zamonaviy sport maydonchasi va yopiq binosiga ega boʻlgan va merganlarning yozda ham qishda ham shugʻullanishlari, xalqaro musobaqalarni oʻtkazilishi hamda olimpiya(paralimpiya)musobaqalariga tayyorgarlik koʻrish uchun barcha imkoniyatlarga ega ekanligi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Shu bilan birga, ushbu hududda mahalla aholisi va yoshlarning koʻngilli dam olishini tashkil qilish uchun zarur infratuzilma obyektlari, xususan yoshlarni sport bilan shugʻullanishlari uchun vorkaut va bolalar oʻyin maydonchalari, aholi uchun sayir qilish yoʻlaklari hamda qahvaxona mavjud boʻlib, mazkur sport kompleks hududi hatto xorijiy sayyohlar tashrif buyuradigan maskanga aylanishi eʼtirof etildi.
Tadbir davomida sportchilar, mahalla faollari va yoshlari hamda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan Milliy gvardiya qoʻmondoni uchrashib, ochiq muloqot davomida ushbu majmua toʻgʻrisidagi fikr-mulohazalari tinglandi, yaratilgan shart-sharoitlardan ularning unumli foydalanishlari uchun yanada keng imkoniyatlar yaratib berilishi yuzasidan esa masʼul rahbarlarga topshiriqlar berildi. Oʻz navbatida bir guruh sportchi va murabbiylar munosib ragʻbatlantirildi.

Text to speech