“Kitobxon harbiy oilalar” mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi / / Vatanparvarlik oyligi doirasidagi tadbirlar / / Toshkentda qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi / / “Jasorat” filmi premyerasi bo'lib o'tdi / / Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 34 yilligi va 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati Milliy gvardiyada bayramona tadbir o‘tkazildi / / Milliy gvardiya qo'mondonining O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi / / Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan gvardiyachilar xizmat burchini bajarish chogʻida qahramonlarcha halok boʻlgan safdoshlari xotirasiga bagʻishlab Milliy gvardiya Markaziy devoni hududida bunyod etilgan yodgorlik majmuasi poyiga gul qoʻyishib, ularning xotirasiga hurmat bajo keltirishdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanida barpo etilgan yirik quvvatli kogeneratsiya markazi faoliyati bilan tanishdi (https://president.uz/oz/lists/view/8785) / / Moliya, ilg‘or texnologiyalar, madaniyat va turizmning yirik markaziga aylanib borayotgan Toshkent (https://t.me/milliygvardiyauz_official/18196)dunyoning zamonaviy megapolislari andozasi asosida yanada rivojlantiriladi / / Ma'naviy-ma'rifiy seminar-trening o‘tkazildi (https://t.me/milliygvardiyauz_official/18185) / / Qoraqalpogʻiston Respublikasida gvardiyachilar tomonidan (https://telegra.ph/Qoraqalpog%CA%BBiston-Respublikasida-gvardiyachilari-tomonidan-qizil-kitobga-kiritilgan-o%CA%BBsimlikni-noqonuniy-ravishda-olib-ketayotgan-12-16), Qizil kitobga kiritilgan oʻsimlikni noqonuniy ravishda olib ketayotgan shaxs qo'lga olindi / / Toshkent shahrida gvardiyachilar tomonidan sertifikatlanmagan pirotexnika vositalari (https://telegra.ph/Toshkent-shahrida-gvardiyachilar-tomonidan-sertifikatlanmagan-pirotexnika-buyumlari-olib-qoyildi-12-15) olib qo‘yildi / / Farg‘ona viloyatida pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasiga (https://telegra.ph/Fargona-viloyatida-pirotexnika-buyumlarining-noqonuniy-muomalasiga-chek-qoyildi-12-15)chek qo‘yildi / / Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Davlatimiz rahbarining Toshkent shahrida xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha belgilab bergan ustuvor vazifalarning amaliy ijrosini ta’minlash maqsadida Milliy gvardiya qo‘mondoni general-polkovnik B.Tashmatov  ilk manzilli ishlarini Yunusobod tumanida amalga oshirdi

Davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 27-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Toshkent shahrida xavfsiz muhitni shakllantirish hamda jamoat xavfsizligini samarali ta’minlash bo‘yicha namunali amaliyotni yaratishga doir dolzarb va aniq vazifalar belgilab berildi.

Bugungi kunda mamlakatimizda jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda mahallalarda tinch va osoyishta muhitni yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.  Mazkur vazifalarning amaliy ijrosi yuzasidan Milliy gvardiya qo‘mondoni general-polkovnik B.Tashmatov ilk manzilli ishlarini Yunusobod tumanida olib bordi va unda tuman hokimi, huquqni muhofaza qilish organlari va hamkor tashkilotlar mas’ullari ishtirok etdi.

 Aynan mahallaga tushib, muammolarni joyida hal etish, aholi bilan ochiq muloqot qilish orqali aniq natijalarga erishish nuqtai nazardan, Milliy gvardiya qo‘mondonining Yunusobod tumanida, xususan, jinoyatchilik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan “Bog‘i shamol” mahallasida amalga oshirgan manzilli ishlari mazkur islohotlarning amaliy ifodasidir.  

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, jinoyatchilikning asosiy sabablari ko‘p hollarda mahalliy infratuzilmaning yetarli darajada rivojlanmagani, nazorat mexanizmlarining zaifligi va profilaktik ishlar tizimli yo‘lga qo‘yilmagani bilan bog‘liq. “Bog‘i shamol” mahallasida o‘tkazilgan o‘rganishlar ham ana shu holatni ochiqladi. 

Mahallada aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilingani muhim ahamiyat kasb etdi. Chunki jinoyatchilik raqamlarda emas, odamlar hayotida namoyon bo‘ladi. Aholining kundalik xavotirlari, xavfsizlikka oid muammolari, tungi yoritishning yetishmasligi, nosoz kuzatuv kameralari kabi masalalar aynan shu suhbatlar orqali aniqlandi.

Uchrashuvlar davomida profilaktika inspektorlarining xizmat faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Bu bejiz emas. Chunki jinoyatchilikka qarshi kurashishda jazo emas, balki profilaktika ustuvor bo‘lishi kerak. Inspektorlarning aholi bilan ishlash imkoniyatlari, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar, texnik ta’minot holati tahlil qilinib, tizimdagi kamchiliklar ochiq tan olindi.

Ayniqsa, mahallada o‘rnatilgan kuzatuv kameralarining aksariyati nosoz holatda ekani jiddiy muammo sifatida qayd etildi. Bu holat xavfsizlikni ta’minlashda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish imkoniyatini keskin pasaytiradi. Demak, kuzatuv kameralari o‘rnatishning o‘zi yetarli emas — ularning uzluksiz ishlashi va yagona tizimga ulanishi hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Muhokamalar jarayonida mahallani qisqa muddat ichida raqamlashtirish masalasi alohida dolzarb vazifa sifatida ko‘tarildi. Raqamlashtirilgan mahalla — bu faqat kameralar emas, balki tahliliy ma’lumotlar, xavfli hududlar xaritasi, profilaktika ishlarining aniq rejasi demakdir.

Ko‘p qavatli uylar atrofini tungi vaqtda yoritish masalasi ham jinoyatchilikning oldini olishda muhim omil sifatida belgilandi.

Chunki yoritilmagan hudud — xavfli hudud. Bu borada mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ijro muddatlari belgilab qo‘yildi.

Mazkur ishlarga baho berar ekanmiz, eng muhim jihat — muammolarni hal etishda ilmiy yondashuvlarga tayanish zarurligi alohida ta’kidlanganidir. Jinoyatchilikka qarshi kurashish — bu faqat kuch bilan emas, balki tahlil, ma’lumot, raqam va profilaktikaga asoslangan kompleks tizim orqali samara beradi.

Yunusobod tumanidagi mazkur manzilli ishlar shuni ko‘rsatdiki, mahallada xavfsizlikni ta’minlash masalasi faqat bir idoraning emas, balki barcha mutasaddi rahbarlar, mahalla faollari va aholining hamkorligida hal etiladigan umumiy vazifadir.

“Bog‘i shamol” mahallasi misolida olib borilgan ishlar jinoyatchilikka qarshi kurashishda yangi, amaliy va tizimli yondashuv shakllanayotganidan dalolat beradi. Belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va to‘liq ijro etilishi esa nafaqat bir mahallada, balki butun tuman miqyosida xavfsiz va barqaror muhitni yaratishga xizmat qiladi.

Manzilli ishlar davomida  Yunusobod tumanida joylashgan “Oloy bozori”  ham ko‘zdan kechirilib, unda aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi, shuningdek,  savdogarlar bilan  yaqindan suhbat olib borilib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi.

Xususan, Milliy gvardiya qo‘mondoni Davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan vazifalar ijrosi, jumladan, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish va aholi xavfsizligini ishonchli ta’minlash bo‘yicha berilayotgan topshiriqlar ijrosiga alohida e’tibor qaratdi.

Ta’kidlanganidek, Yunusobod tumanida aholi zichligi va transport harakatining yuqoriligi xavfsizlikni ta’minlashda zamonaviy va tizimli yondashuvlarni talab etadi. Shu bois, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash, ularning oldini olish hamda profilaktik ishlar samaradorligini oshirish ustuvor vazifa sifatida belgilab olindi.

  

Text to speech