Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi  harbiy xizmatchilari, Hindiston Milliy xavfsizlik gvardiyasi “Manesar” o‘quv markazida tashkillashtirilgan “Portlovchi moddalarni zararsizlantirish” bo‘yicha o‘quv yig‘inida ishtirok etgan  davlatlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada birinchi o‘rinni egallashdi

Xalqaro harbiy hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va maxsus bo‘linmalarda sun'iy intellekt, robot va dronlar hamda ularga qarshi vositalarining zamonaviy usullarini takomillashtirib borish, shuningdek maxsus bo‘linmalarda xizmat qilish nufuzini oshirish kabi maqsadlarda joriy yilning 17-29 mart kunlari Hindiston Milliy xavfsizlik gvardiyasi “Manesar” o‘quv markazida Nepal, Mozambik, Hindiston va O‘zbekiston harbiylari ishtirokida “Portlovchi moddalarni zararsizlantirish” bo‘yicha o‘quv yig‘ini bo‘lib o‘tdi.

Mazkur o‘quv yig‘inida ishtirok etgan davlatlarning harbiy xizmatchilari o‘rtasida 27-29 mart kuni tashkillashtirilgan o‘zaro musobaqada, jismoniy va maxsus tayyorgarlik sinovlari xususan, portlovchi moddalarni aniqlash va ularni zararsizlantirish, aniqlangan portlovchi moddalar xususiyatlarini tushuntirib berish, qo‘l jangi usullarini bajarish, qo‘lbola portlovchi moddalarni vaqtga bajarish, 5 km masofaga 10 kg yuk bilan yugurish va 26 elementdan iborat jismoniy va ruhiy zo‘riqish yo‘lagidan o‘tish kabi shartlarni muvaffaqiyatli bajargan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

O‘zbekiston harbiylarining o‘quv yig‘inidagi ishtiroki va o‘tkazilgan musobaqada erishgan natijalari tashkilotchilar tomonidan yuqori baholanib, ular tadbir so‘ngida munosib rag‘batlantirildi. 

Joriy yilning 30 mart kuni esa harbiy xizmatchilarimiz katta leytenant Z.Muxammadjanov, leytenant J.Ne'matov va 3-darajali serjant A.Ahmedovlar Milliy gvardiya qo‘mondonligi, safdoshlari va yaqinlari ishtirokida Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindilar.

Text to speech