Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

YОSh OFITSERLARNING BITIRUVIGA BAG‘ISHLANGAN TANTANALI MAROSIM BO‘LIB O‘TDI

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida taʼlim dargohini tamomlagan 204 nafar yosh ofitserlarning bitiruviga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Q. Jo‘rayev, Prezident Administratsiyasi va Xavfsizlik kengashi masʼul xodimlari, Respublika va Toshkent shahar harbiy prokuraturasi mutasaddi rahbarlari, Mudofaa vazirligining okrug qo‘mondonligi, Milliy gvardiya tarkibiy va hududiy boshqarma boshliqlari, faxriylar hamda keng jamoatchilik, shuningdek bitiruvchilarning yaqinlari ishtirok etishdi.

Tadbirning asosiy qismida Milliy gvardiya qo‘mondoni buyrug‘i o‘qib eshittirilib, 204 nafar bitiruvchilarga “Leytenant” harbiy unvonlari berilganligi eʼlon qilindi hamda ularga diplom va ko‘krak nishonlari yuqorida sanab o‘tilgan rahbarlar tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Shundan so‘ng, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev so‘zga chiqib, yosh ofitserlarni Universitetni tamomlaganliklari, ofitser degan sharafli nomga sazovor bo‘lganliklari bilan samimiy muborakbod etib, kelgusidagi mashaqqatli va masʼuliyatli xizmatlarida ulkan zafarlar tiladi.

Tashrif buyurgan mehmonlar va ota-onalar nomidan so‘z olganlar ham ko‘zlari chaqnab turgan yosh ofitserlarga kelgusidagi xizmat faoliyatlari davomida ushbu dargohda olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llagan holda xalqimizga va Prezidentimizga sadoqat bilan xizmat qilib, fidoyilikda safdoshlariga namuna ko‘rsata olishlariga katta ishonch bildirishdi.

So‘ngra yosh ofitserlarning Universitet Jangovar bayrog‘i bilan xayrlashish va tantanali marsh marosimlari bo‘lib o‘tdi.

Kursantlar tomonidan namoyish etilgan Qo‘l jangi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlari, buyuk bobokalonlarimiz Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi hamda Bobur Mirzolarning yosh leytenantlarga qarata o‘git so‘zlari aks ettirilgan tarixiy sahna ko‘rinishlari hamda bir guruh bitiruvchilarning qizlar bilan birgalikda ijro etgan “Vals” raqsi tadbirga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi.

Maʼlumot uchun: safda turgan 204 nafar yosh ofitserlarga o‘tgan davr mobaynida tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan mutaxassisliklar bo‘yicha zamonaviy moddiy-texnik baza asosida taʼlim-tarbiya berildi. Universitetda tahsil olish jarayonida bo‘lajak ofitserlarning yuksak professional tayyorgarlikka, eng ilg‘or innovatsion bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlariga, xorijiy tillarni o‘rganishlariga alohida ahamiyat berildi. Natijada bitiruvchilarning harbiy bilim va ko‘nikmalari yuksalish bilan birga, ularning qalbida vatanparvarlik, sadoqat va matonat tuyg‘ulari shakllandi.

Text to speech