Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

"Yoshlarni harbiy - vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda sportning ahamiyati" mavzusida o‘quvchi yoshlar bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkillashtirildi

Joriy yilning 16 yanvar kuni Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi Mirobod tumani IIO FMB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi, Yoshlar profilaktikasini muvofiqlashtirish guruhi bilan hamkorlikda "Yoshlarni harbiy - vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda sportning ahamiyati" mavzusida Mirobod tumanida joylashgan 294-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi. O‘zbekiston iftixori, Olimpiada chempioni Fazliddin G‘oyibnazarov bolalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berib, ularga sport tinchlik va sog‘lom hayot elchisi ekanligi, yoshlarda Vatanparvarlik g‘oyalarini kuchaytirishda uning ahamiyati to‘g‘risida tushuntirish-targ‘ibot ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, mamlakatimizda tinchlik va osoyishtaliklikni taʼminlash, jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda eʼtibor berishlari lozim bo‘lgan jihatlar, yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Yoshlarning turli sohalaga oid savollariga malakali javoblar berildi.Tadbir yakunida Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati instituti talabalari tomonidan Vatanni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar yangradi.

Text to speech