Farg‘ona viloyatida jinoyat sodir etishga moyil shaxslar yashash manzillarida tezkor tadbirlar o‘tkazildi
Farg‘ona viloyatida Milliy gvardiya, IIB hamda DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 124 nafar shaxsning yashash manzillari o‘rganildi. Shulardan 104 nafari noqonuniy buyum va ashyolarni saqlab kelganligi aniqlangan. Shuningdek, 61 nafar shaxsning xatti-harakatlarida jinoyat, 45 nafarida ma’muriy huquqbuzarlik aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.
Tadbir davomida 39 ta sovuq qurol, 3 kg 430 gramm giyohvandlik moddalari, 6 ta ov quroli, 53 ta patron va boshqa ashyolar musodara qilindi.