Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Harbiylar oʻrtasida bo'lib o'tgan triatlon boʻyicha 25-jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan gvardiyachilar ragʻbatlantirildi.

Bugun Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida sportning triatlon turi boʻyicha harbiylar oʻrtasidagi jahon chempionati — World Military Triathlon Championship musobaqasida munosib ishtirok etgan gvardiyachilarni taqdirlashga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.
Unda Milliy gvardiya qoʻmondonining oʻrinbosari polkovnik S.Mamayusupov chempionatda yuksak natijalar qayd etgan sportchilarimizni tabriklab, ularga pul mukofotlarini topshirdi.
Musobaqa qattiq raqobat muhitida oʻtgan boʻlib, unda Fransiya, Rossiya, Shveysariya, Germaniya, Kanada kabi 13 davlatdan 120 dan ziyod harbiy sportchi ishtirok etdi.
Chempionat dasturidan «Elite» va «Senior» toifalarida yakka tartibdagi bahslar, shuningdek, aralash estafeta (Mixed Relay) oʻrin olgan. Sportchilar standart masofada — 750 metr suzish, 19 km velosport va 5 km yugurishda oʻzaro bellashishdi.
Oʻzbekiston jamoasi umumjamoa hisobida 3-oʻrinni egalladi. Shuningdek, Milliy gvardiya vakili, Jamoat xavfsizligi universiteti ofitseri, katta leytenant Alina Hakimova ishtirok etgan ayollar terma jamoasi ham 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
«Challenge Samarkand-2025» musobaqasida absolyut yosh toifasida oʻtkazilgan yakka tartibdagi bahslarda Toshkent shahridan leytenant Azamjon Qodirov 1-oʻrinni, Namangan viloyatidan esa oddiy askar Oydina Ikramova 2-oʻrinni egalladi.
Aralash estafetada Samarqand viloyatidan katta leytenant Dmitriy Zaysev boshchiligidagi Milliy gvardiya jamoasi 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Ushbu jamoa tarkibidan Fargʻona viloyatidan III darajali serjantlar Sardor Nurmatov va Jizzax viloyatidan Mirjalol Toshtemirov oʻrin oldi.

Gvardiyachi safdoshlarimizni gʻalaba bilan muborakbod etamiz va ularga kelgusida ham zafarlar va sportda ulkan yutuqlar tilaymiz!

Text to speech