Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

HECh KIM EʼTIBORDAN ChETDA QOLMAS

Mehr-muruvvat bu biz bir-birimizga ulashishimiz zarur bo‘lgan eng muqaddas tuyg‘u. Bu tuyg‘uni hamma baravar sezadi, xoh yosh bo‘lsin, xoh keksa, xoh sog‘lom bo‘lsin, u xoh xasta.

Yurtimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga alohida eʼtibor qaratilishi hech kimga sir emas. Bu borada ko‘plab davlat va nodavlat tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan saxovat ishlari misol bo‘la oladi.

Xususan, kuni kecha Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyida viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi harbiy xizmatchilari hamda Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazi ashula va raqs ansambli xonandalari bilan birgalikda "Sen aziz va moʻtabarsan muqaddas ayol" shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida xonandalar tomonidan kuy-qo‘shiqlar kuylanib, “Muruvvat” uyi ayollariga bayramona kayfiyat ulashildi.

Shu bilan birga, bu kabi tadbir Baxt shahrida joylashgan Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasida ham tashkillashtirilib, tarbiyalanuvchilar uchun musiqiy bayramona dastur havola etildi. Sho‘x taronalar barchaga bahoriy kayfiyat, shodlik baxsh etdi.

Text to speech