Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Xitoyda bo‘lib o‘tgan “O‘tkir tig‘–2025” xalqaro snayperlar musobaqasida ishtirok etgan 25 ta davlat ichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston Milliy gvardiyasi merganlari sharafiga mamlakatimiz bayrog‘i yuqori ko‘tarilib madhiyamiz baralla yangradi

Xitoyda bo‘lib o‘tgan “O‘tkir tig‘–2025” xalqaro snayperlar musobaqasida ishtirok etgan 25 ta davlat ichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston Milliy gvardiyasi merganlari sharafiga mamlakatimiz bayrog‘i yuqori ko‘tarilib madhiyamiz baralla yangradi

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 12-20 iyul kunlari Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Urumchi shahrida bo‘lib o‘tgan “O‘tkir tig‘–2025” xalqaro snayperlar musobaqasida 25 ta davlatning vakillaridan iborat 45 ta jamoa ishtirok etdi. Bellashuvlar 4 yo‘nalishda bo‘lib o‘tdi va har bir yo‘nalish bo‘yicha o‘rinlar alohida belgilandi.

Mazkur musobaqada O'zbekiston Milliy gvardiyasi jamoasi Xitoy mezbonligidagi Vetnam, Janubiy Koreya, Belorussiya, Rossiya, Ispaniya, Liviya, Qirgiziston, Qozog‘iston, Indoneziya, Vengriya, Kuba kabi 25 davlat vakillarining, 45 ta jamoalari o‘rtasida, bellashuvlarning eng murakkabi, yuqori jangovar shaylik va mohirlikni talab qiluvchi 2 ta sharti bo‘yicha, xususan majmuaviy merganlar mashqi (1200 metr masofada joylashgan 7 ta o‘q otish pozisiyasida har xil masofada joylashgan 24 ta nishonni tezkorlik bilan yo‘q qilish) va shahar sharoitida baland binodan otish mashqi (merganlar juftligida 100-650 metrgacha bo‘lgan 6 ta nishonni tezkorlik bilan yo‘q qilish) shartlari bo‘yicha merganlarimiz rekord natijalar bilan birinchi o‘rinni egallagan holda mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

Qolgan yo‘nalishlar (yakkalik hamda ekstremal merganlik mashqlari)da ham merganlarimiz sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib, musobaqa yakuniga ko‘ra 8 ta medal,10 ta diplom va qimmatbaho sovg‘alar shuningdek, yuqorida taʼkidlaganimizdek eng murakkab yo‘nalishlarda g‘alaba qozongan jamoa sifatida tezkor texnik va taktik yo‘nalishi bo‘yicha Musobaqa kubogi sohibiga aylanishdi.

Mazkur xalqaro musobaqada g‘olib bo‘lgan safdoshlarimizni Milliy gvardiya qo‘mondonligi va barcha shaxsiy tarkibi nomidan samimiy muborakbod etamiz!

Text to speech