Andijon viloyatida Respublika ishchi guruhining yoshlar bilan uchrashuvi tadbirlari doirasida muddatdi harbiy xizmatchilarga sertifikatlar topshirildi
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha Respublika komissiyasi a’zolari Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanovlar vodiy viloyatlaridagi o‘rganishlari davomida Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasida bo‘lishib, kuch tuzilmalarida yigitlik burchini o‘tayotgan muddatli harbiy xizmatchilar bilan uchrashib, ochiq muloqot o‘tkazishdi.
Tadbir so‘ngida komissiya a’zolari tomonidan Prezidentimizning askarlarning muddatli harbiy xizmat davomida kasb-hunar o‘rganish borasidagi tashabbuslarining ijrosi sifatida 260 soatlik kasb-hunar kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan muddatli harbiy xizmatchilarga sertifikatlar topshirildi.