Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Ijtimoiy sohalar yo‘nalishida belgilab berilgan ustuvor vazifalarning amaliy ijrosi bo'yicha Andijon viloyatida manzilli ishlar davom ettirilmoqda

Davlatimiz rahbari tomonidan ijtimoiy sohalar yo‘nalishida belgilab berilgan ustuvor vazifalarning amaliy ijrosi, Milliy gvardiya qo‘mondoni nazorati ostidagi ishchi guruhlarning manzilli ishlari Andijon viloyatida olib borilmoqda. Shu o‘rinda Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov Andijon viloyatida bo‘lib,viloyat hokimligi, maktab va maktabgacha taʼlim boshqarmasi hamda direktorlari ishtirokida videoselektr tariqasida yig‘ilish o‘tkazdilar.

Mazkur yig‘ilishda o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, maktablarda o‘quvchi va pedagoglarni xavfsizligini taʼminlash va yangi qorovullik xizmati faoliyatini yana-da takomillashtirish, o‘quvchilarni sport turlariga jalb etish orqali ular o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish borasida tavsiyalar berildi.

Shuningdek, Milliy gvardiya faoliyatini psixologik taʼminlash markazi tomonidan viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tasarrufidagi umumtaʼlim maktab amaliyotchi psixologlarning o‘quvchi yoshlar bilan ishlash jarayonlarini samarali olib borish borasidagi o‘quv amaliy seminar o‘tkazilmoqda.

Text to speech