Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

“Yangi O‘zbekistonning sportchi harbiylar oilasi” musobaqasining g‘oliblari aniqlandi

Milliy gvardiya bo‘linmalarida harbiy xizmatchi va xodimlar va ularning oila aʼzolari orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va o‘sib kelayotgan yosh avlodning jamiyatda o‘rnini topishida hamda ularni o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash borasida keng qamrovli tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan kuni kecha Milliy gvardiya bo‘linmalari harbiy xizmatchi va xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekistonning sportchi harbiylar oilasi” musobaqasining Respublika bosqichi ana shunday tadbirlarning navbatdagisi hisoblanadi.

“Yangi O‘zbekistonning sportchi harbiylar oilasi” musobaqasi ikki bosqichda tashkil etildi. Dastavval hududiy boshqarmalarda g‘oliblar aniqlanib, keyingi Respublika bosqichiga yo‘llanma olgan 16 ta harbiylar oilasi poytaxtimizda o‘tkazilgan final musobaqasida o‘zaro kuch sinashishdi.

Ikki kun davomida bo‘lib o‘tgan musobaqalarda jamoalar o‘zlarini tanishtirish, kamondan otish, estafeta, turnikda tortinish, basketbol va futbol elementlarini bajarish bo‘yicha g‘oliblik uchun bellashishdi.

Tantanali taqdirlash marosimida Milliy gvardiya qo‘mondonligi, Respublika Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi vakillari va taniqli sportchilar ishtirok etishib, g‘oliblarni erishgan natijalari bilan tabriklashdi.

Ushbu musobaqada 3-o‘ringa Milliy gvardiyaning Toshkent viloyatida joylashgan maxsus vazifalarni bajaruvchi brigadasi harbiy xizmatchisi II-darajali serjant Baxshullo Qosimovlar oilasi, 2-o‘ringa esa Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi serjant Dilbek Ochilovlar oilasi munosib deb topildi. Faxrli 1-o‘rinni Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi serjant Qaxramon Nishonovlar oilasi qo‘lga kiritdi.

Tadbir davomida g‘olib va sovrindorlarga hamda nominatsiyalar bo‘yicha eng yaxshi deb topilgan jamoalarga tashkilotchilarning diplom va sovg‘alari topshirildi.

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, bu kabi sport musobaqalari orqali harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarida mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ulari shakllanishiga ishonchimiz komil!

 

Text to speech