Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Joylarda Milliy gvardiya qo‘mondonligi va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda

Namangan shahridagi Yoshlar Ziyo maskanida Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan otaliqqa olingan yoshlarni qiynayotgan ijtimoiy-maishiy muammolarini hal etish, ularni vatanparvarlik, Vatanga bo‘lgan muhabbat ruhida tarbiyalash hamda yoshlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklarni aniqlash va barvaqt oldini olishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni sifatli ijrosini taʼminlash borasida “Milliy gvardiya Qo‘mondoni o‘rinbosari va yoshlar ochiq muloqoti” o‘tkazildi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S. Mamayusupov kirish so‘zi bilan ochib, bugungi kunda yurtimizda yoshlarga bo‘lgan eʼtibor, Prezidentimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar to‘g‘risida taʼkidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng yig‘ilishda ishtirok etayotgan yoshlar o‘zlarining takliflarini ochiq muloqot davomida bildirishdi.

Tadbirda ishtirok etgan 100 ga yaqin yoshlarning murojaatlari tinglanib, kelgusida Milliy gvardiya tuzulmalarida ishlash istagida bo‘lgan yoshlarning harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati nazoratchisi va qorovullik lavozimlariga ishga joylashtirilishini qonunchilik doirasida Namangan viloyati bandlikka ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda ijobiy hal qilish bo‘yicha masʼullarga topshiriqlar berildi.

Uchrashuvda ishtirok etgan Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda Mahalladagi og‘ir toifadagi yoshlar o‘rtasida samarali profilaktik ishlarni tashkil etib, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish, sog‘lom turmush tarzida hayot kechirishiga ko‘maklashish, vatanparvarlik, Vatanga bo‘lgan muhabbat ruhida tarbiyalash bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari kuchaytirilishiga alohida eʼtibor qaratildi.

Text to speech