Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-polkovnik B. Tashmatov hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari ishtirokida Yoshlar kuni munosabati bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Muloqotda yoshlarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi faol ishtirokini kengaytirish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yangi imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida Milliy gvardiya hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
20 Avgust 2026
11