Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Kuch tuzilmalarining mutaxassis-kinologlari oʻrtasida har yili oʻtkazilishi anʼanaga aylangan “Dog biatloni” bellashuvining 5-Respublika idoralararo musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Joriy yilning 5-8 may kunlari Toshkent viloyati Chirchiq shahrida joylashgan Mudofaa vazirligining Mutaxassis va xizmat itlarini tayyorlash markazida boʻlib oʻtgan mazkur musobaqada Milliy gvardiya, Davlat xavfsizligi xizmati Chegara qoʻshinlari, Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklari, Bojxona qoʻmitasining 12 ta terma jamoalarining 44 nafar mutaxassis-kinologlari oʻzlariga biriktirilgan xizmat itlari bilan ishtirok etishdi.
Uchu kun davom etgan musobaqa birinchi kundan yuqori saviyada boshlanib, dastlab musobaqaning rasmiy qurʼa tashlash marosimiga koʻra, dala sinovlaridagi ilk bellashuvni Milliy gvardiya terma jamoasining mutaxassis-kinologi oʻziga biriktirilgan “Sherxon” laqabli sharqiy Yevropa ovcharkasiga mansub xizmat iti bilan birgalikda boshlab berdi.
Bellashuvning ikkinchi kunida Milliy gvardiya terma jamoasi kinologlari 300 metr masofaga xizmat iti bilan toʻsiqlardan oʻtgan holda yugurish shartlarini 1 daqiqa-yu 10 soniyada bajarib, oʻzlarining tezkorligini koʻrsatishdi.
Musobaqaning final bosqichida ishtirokchilar estafeta poygasida bir qator shartlarni bajargan holda 1600 m masofada jamoalar boʻlib bellashdilar. Ushbu jamoalar orasida Milliy gvardiya terma jamoasi 19 daqiqa-yu 10 soniyada yetib kelib, terma jamoa hisobiga yuqori natijalarni qoʻshishdi.
Shartlar oʻziga xos boʻlib, estafeta shartida esa masofaning yarmi bosib oʻtilgach, kinologlar biatlon qurolidan foydalanib, ularga birinchi urinishda 50 metr masofadan 5 ta nishonga urish vazifasi yuklatildi. Tekkizilmagan har bir nishon uchun kinologga qoʻshimcha 100 metrlik jarima yoʻlaklari qoʻshildi.
Ishtirokchilar har bir shartlarni tez va aniq bajarganliklari uchun jamoalar hisobiga hakamlar tomonidan ballar qayd etib borildi.  
Dog biatlon bellashuvining yakuniy natijalariga koʻra, umumjamoa hisobida Mudofaa vazirligi jamoasiga 1-oʻrin nasib etdi. 2-oʻringa Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasi sazovor boʻlishdi. 3-oʻrinni Milliy gvardiya terma jamoasi egallashdi.
Shuningdek, ayollar jamoalari oʻrtasida kechgan bahslarda bizning ayol kinologlarimiz 2-oʻringa munosib deb topildi.
Sovrinli oʻrinlarni egallagan jamoalar tashkilotchilar tomonidan kubok, medal, diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan munosib taqdirlandilar.
Taʼkidlab oʻtishimiz kerakki, ushbu oʻtkazilgan musobaqa kinologlarning bilim va koʻnikmalarini oshirishda, ularning kasbiy mahoratini baholashda, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etishida, oʻzaro bir-birlari bilan amaliy tajriba orttirish maydoni vazifasini oʻtab berdi.

Text to speech