Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

O‘QUVCHILARNING TAʼTILDAGI BO‘Sh VAQTI MAROQLI O‘TMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonligi tashabbusi bilan Sirdaryo viloyatida joylashgan Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasi tarbiyalanuvchilarining yozgi taʼtil vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida beshta muhim tashabbus doirasida maʼnaviy-maʼrifiy va sport musobaqalari tashkil etildi.

Tadbirlar davomida yoshlar o‘quv-tarbiya muassasasida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan kitobxonlik, rassomchilik, duradgorlik, sportning yunon-rum kurashi, futbol to‘garaklarida egallagan ko‘nikmalarini namoyish etishdi.

Alohida taʼkidlash joizki, Milliy gvardiya sport kurashlariga ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi tomonidan kurashning yunon-rim turidan Osiyo va Jahon chempionati sovrindori murabbiyligida yo‘lga qo‘yilgan to‘garaklarda nafaqat o‘quv tarbiya muassasasining tarbiyalanuvchilari balki hududdagi ushbu sportga qiziqishi bo‘lgan 15 dan ziyod yoshlar ham bepul shug‘ullanib kelishmoqda.

Shuningdek, masʼul ofitserlar va bugunda yoshlarga o‘z intilishlari bilan motivatsiya berayotgan O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti talabasi, motivator, 1-guruh nogironi Murodbek Jigitovlar ishtirokida uchrashuv ham uyushtirildi. Qizg‘in savol-javoblarga boy o‘tgan uchrashuv o‘quvchilarda iliq taassurot qoldirdi.

Tadbir so‘ngida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan qurol-yarog‘lar ko‘rgazmasi hamda viloyat madaniyat boshqarmasi vakillari tomonidan yoshlar uchun konsert dasturi namoyish etildi.

Text to speech