Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Maktabga mast holda qo‘lida bolta bilan kelgan fuqaro yangi joriy qilingan qorovul xodimi tomonidan to‘xtatib qolindi

Joriy yilning 4 mart kuni soat 15:40larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtko‘pir tumani Dao‘ir mahallasida  joylashgan 4-sonli maktabda, yangi joriy qilingan tizimda xizmat o‘tayotgan  qorovul xodimi tomonidan maktabga mast holda qo‘lida bolta bilan kelgan fuqaro to‘xtatib qolindi.

Ushbu fuqaro maktabning kirish joyida xizmat o‘tayotgan qorovul xodimining begonalarni maktab ichkarisiga kiritmasligi to‘g‘risidagi ogohlantirishiga va talablariga bo‘ysinmasdan, kurtkasi ichidan bolta chiqarib janjal ko‘tarib turgan bir paytda “tashvish” xabari asosida chaqirilgan va yetib kelgan tuman qo‘riqlash xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Olib borilgan dastlabki o‘rganishlar davomida ushbu fuqaro, Taxtako‘pir tumanida yashovchi 45 yoshli fuqaro S.D. ekanligi, mazkur maktabda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bo‘lib ishlaydigan turmush o‘rtog‘i R.B.ni ko‘rishga kelgani va gaplashib ketmoqchi ekanligini, qo‘lidagi boltani esa o‘tin chopish oldidan o‘tkirlatishga olib chiqqanligini maʼlum qilgan.

 Fuqaro S.D. tezkor guruh xodimlari tomonidan tuman Tibbiyot bo‘limiga olib borilib, spirtli ichimlik isteʼmol qilganligi bo‘yicha maʼlumoti olingandan so‘ng, tuman IIB profilaktika inspektori bilan birga tegishli xujjatlar rasmiylashtirilgan holda, tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli mastlik holati bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish punktiga yotqizilgan.  

Hozirda holat yuzasidan Taxtako‘pir tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

 

 

 

 

Text to speech