“Kitobxon harbiy oilalar” mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi / / Vatanparvarlik oyligi doirasidagi tadbirlar / / Toshkentda qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi / / “Jasorat” filmi premyerasi bo'lib o'tdi / / Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 34 yilligi va 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati Milliy gvardiyada bayramona tadbir o‘tkazildi / / Milliy gvardiya qo'mondonining O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi / / Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan gvardiyachilar xizmat burchini bajarish chogʻida qahramonlarcha halok boʻlgan safdoshlari xotirasiga bagʻishlab Milliy gvardiya Markaziy devoni hududida bunyod etilgan yodgorlik majmuasi poyiga gul qoʻyishib, ularning xotirasiga hurmat bajo keltirishdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanida barpo etilgan yirik quvvatli kogeneratsiya markazi faoliyati bilan tanishdi (https://president.uz/oz/lists/view/8785) / / Moliya, ilg‘or texnologiyalar, madaniyat va turizmning yirik markaziga aylanib borayotgan Toshkent (https://t.me/milliygvardiyauz_official/18196)dunyoning zamonaviy megapolislari andozasi asosida yanada rivojlantiriladi / / Ma'naviy-ma'rifiy seminar-trening o‘tkazildi (https://t.me/milliygvardiyauz_official/18185) / / Qoraqalpogʻiston Respublikasida gvardiyachilar tomonidan (https://telegra.ph/Qoraqalpog%CA%BBiston-Respublikasida-gvardiyachilari-tomonidan-qizil-kitobga-kiritilgan-o%CA%BBsimlikni-noqonuniy-ravishda-olib-ketayotgan-12-16), Qizil kitobga kiritilgan oʻsimlikni noqonuniy ravishda olib ketayotgan shaxs qo'lga olindi / / Toshkent shahrida gvardiyachilar tomonidan sertifikatlanmagan pirotexnika vositalari (https://telegra.ph/Toshkent-shahrida-gvardiyachilar-tomonidan-sertifikatlanmagan-pirotexnika-buyumlari-olib-qoyildi-12-15) olib qo‘yildi / / Farg‘ona viloyatida pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasiga (https://telegra.ph/Fargona-viloyatida-pirotexnika-buyumlarining-noqonuniy-muomalasiga-chek-qoyildi-12-15)chek qo‘yildi / / Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Maktab o‘quvchisi, esda tuting: pichoq himoyani kafolatlamaydi va obro‘ ham bermaydi, ammo u sizning yoki o‘zga fuqaroning hayotini xavf ostiga qo‘yadi.

11-mart kuni Farg‘ona viloyati va Toshkent shahrida taʼlim muassasalarini qo‘riqlashning yangi tizimi doirasida o‘quvchi va o‘qituvchilar xavfsizligini taʼminlash maqsadida maktablarda xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya xodimlari tomonidan pichoq olib yurish bilan bog‘liq ikkita holat aniqlangan.

Shu tariqa, Qo‘qon shahrida soat 13:50 larda 35-sonli maktabga kirishga uringan bir yigitni yangi tizim asosida xizmat qilayotgan maktab qorovuli to‘xtatib qolgan. Shu maktabda o‘qiysizmi, degan savolga u o‘qimayman, deb javob bergan va nima uchun maktabga kelganini tushuntira olmagan. Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmatiga qarashli tezkor harakatlanuvchi guruh chaqirilib, yigitni ichki ishlar organlari profilaktika inspektoriga topshirishgan. U 2007-yilda tug‘ilgan kollej o‘quvchisi I. X. ekanligi aniqlangan. Profilaktika inspektori yigitning ota-onasiga qo‘ng‘iroq qilgan, uning huzurida shaxsiy tintuv vaqtida oshxona pichog‘i topilgan.

Shu kuni kechki soat taxminan 18.20 larda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 275-sonli maktabda o‘qituvchi va o‘quvchilar xavfsizligini taʼminlash, huquq-tartibotni saqlash maqsadida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati xodimlariga 4-sinf rahbari jismoniy tarbiya darsi oldidan kiyim almashtirish xonasida 10-sinf o‘quvchilari U.I. va T.A. lar sinfdoshlariga sport sumkasida olib yurgan pichoqni ko‘rsatgan.

O‘quvchilar U.I. va T.A. larning ota-onalari maktabga taklif etilib, ular bilan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB profilaktika inspektori va maktab direktori profilaktik suhbat o‘tkazishgan. O‘smirlardan pichoq olib qo‘yilib, ularning ota-onalariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasi (“Bolalarni tarbiyalash va o‘qitish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik”) bilan bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Hurmatli ota-onalar, farzandlaringizga eʼtiborli bo‘ling, bolangizning sevimli mashg‘ulotlariga qiziqing, u bilan ko‘proq gaplashing, cho‘ntagi yoki sumkasidagi pichoq himoyani kafolatlamasligini va obro‘ ham bermasligini, balki uning hayotini yoki o‘zga fuqaroning hayotiga xavf ostiga qo‘yishini tushuntiring. Bolalar bilan ishonchli munosabatlarni o‘rnating. Axir, bu sizning farzandingiz. Zero, har bir insonning orzusi zurriyotini yaxshi inson qilib tarbiyalash va unga baxtli kelajak yaratib berishdir.

Text to speech