Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetida “Yangi Oʻzbekistonning ijtimoiy hayotida xotin-qizlar mavqeini oshirishga oid masalalar” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi

Bugungi kunda Davlatimiz rahbarining xotin-qizlarga bo‘lgan eʼtibori tufayli Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlarimizning ijtimoiy-siyosiy faolligi oshib bormoqda. Xususan ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat hamda imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun kerakli bo‘lgan shart-sharoitlar yaratilib, ijtimoiy hayotda xotin-qizlar mavqeini oshirishga qaratilgan keng qamrovli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetining professor-o‘qituvchilar hamda harbiy xizmatchilar ishtirokida bo‘lib o‘tgan davra suhbati ham “Yangi O‘zbekistonning ijtimoiy hayotida xotin-qizlar mavqeini oshirishga oid masalalar” mavzusida tashkillashtirildi.

Mazkur davra suhbatida Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Dilorom Toshmuhammedova ishtirok etdi. Unda Yangi O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lida xotin-qizlarning o‘rni va mavqeini mustahkamlash borasida davlat ahamiyatiga molik salmoqli ishlar amalga oshirib kelinayotganligi, jamiyat rivojini xotin-qizlarsiz, ularning ishtirokisiz tasavvur etib bo‘lmasligi, ayollarning oilada ham, davlat va jamoat ishlarida ham emin-erkin faoliyat yuritishlari, ularning huquq va manfaatlarini ro‘yobga chiqarish yo‘lida mamlakatmiz miqyosida qator chora-tadbirlar ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilayotganligi alohida eʼtirof etdi.

Text to speech